Sport

OʻFA tomonidan umrbod chetlatilgan Babayan “Lokomotiv” klubida yangi lavozimga tayinlandi

© Federatsiya futbola UzbekistanaTrener natsionalnoy sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan
Trener natsionalnoy sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan - Sputnik Oʻzbekiston
Samvel Babayan "Paxtakor" futbol klubida faoliyat yuritgan vaqtida futbolchilarning shartnomasi bilan bogʻliq hujjatlarga noqonuniy oʻzgartirishlar kiritganligi sababli futbol faoliyatidan umrbod chetlashtirilgan edi.

TOSHKENT, 26 fev - Sputnik. Samvel Babayan Vyacheslavovich Toshkentning “Lokomotiv” professional futbol klubi prezidenti Mansur Radjapovga maslahatchi etib tayinlandi.

Trener natsionalnoy sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
"Ertaroq qilish kerak edi”: Babayan boʻshatilishiga Facebook foydalanuvchilari munosabati

“Lokomotiv” PFK matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Samvel Babayan oldiga quyidagi asosiy vazifalar belgilab qoʻyildi:

1. Klub infratuzilmasini koʻtarish hamda yangi bosqichga olib chiqish;

2. “Lokomotiv” bolalar va oʻsmirlar futbol maktabini rivojlantirish va zamonaviy faoliyat yuritishini yoʻlga qoʻyish;

3. Klub material-texnik bazasini yanada shakllantirish hamda buning uchun kerakli barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil yanvar oyida sobiq Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Samvel Babayan "Paxtakor" futbol klubida faoliyat yuritgan vaqtida futbolchilarning shartnomasi bilan bogʻliq hujjatlarga noqonuniy oʻzgartirishlar kiritganligi sababli futbol faoliyatidan umrbod chetlashtirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader