Iqtisod

Mirziyoyev hududlarni qay tarzda rivojlantirish kerakligini aytdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveщaniye po razvitiyu sporta
Shavkat Mirziyoyev provel soveщaniye po razvitiyu sporta - Sputnik Oʻzbekiston
Yigʻilishda prezident, aksariyat loyihalar infratuzilma qulay boʻlgan tumanlarga joylashtirilib, boshqa hududlar eʼtibordan chetda qolmasligi kerakligini taʼkidladi

TOSHKENT, 26 fev - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 fevral kuni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ortda qolayotgan hududlar masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Shavkat Mirziyoyev provel soveщaniye po razvitiyu sporta - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Mirziyoyev meva-sabzavotlar eksportini koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlarni berdi

Yigʻilishda prezident, aksariyat loyihalar infratuzilma qulay boʻlgan tumanlarga joylashtirilib, boshqa hududlar eʼtibordan chetda qolmasligi kerakligini taʼkidladi. Shuningdek, Oʻzbekistonda oʻttiz ikkita tumanda sanoatning ulushi viloyat koʻrsatkichining 3 foiziga ham yetmasligi tanqid qilindi. Ushbu tumanlarning geografik joylashuvi, xomashyo bazasi, mehnat resurslaridan keng foydalanish imkoniyatlari koʻrsatib oʻtildi.  

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasiga har bir tuman kesimida qazilma boyliklari zaxirasidan kelib chiqib, ularni sanoatlashtirish boʻyicha investitsiya loyihalarini shakllantirish vazifasi qoʻyildi. 

266 ming gektar yerning unumdorligi pasayib, foydalanishdan chiqib ketgani qayd etildi. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligiga bu joylarda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha dastur ishlab chiqish topshirildi. 

Qoʻshni davlatlar bilan chegaradosh tumanlarning logistika, eksport va servis salohiyatidan samarali foydalanish boʻyicha ham koʻrsatmalar berildi. 

Ijtimoiy-iqtisodiy holati nisbatan orqada boʻlgan tumanlarda kooperatsiya asosida kichik sanoat zonalari tashkil etib, ularda toʻqimachilik, koʻnchilik, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash boʻyicha loyihalarni joylashtirish zarurligi taʼkidlandi. Mazkur tumanlarda ishlab chiqarish va transport infratuzilmalarini rivojlantirishga qaratilgan dastur qabul qilish vazifasi qoʻyildi. 

Soveщaniye. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Shavkat Mirziyoyev asosiy investorni qanday tanlamoqda – ekspert fikri

Bosh vazir oʻrinbosarlari rahbarligidagi ishchi guruh joylarga chiqib, oʻttiz ikkita tumanda har bir yoʻnalish boʻyicha loyihalar ishlab chiqilishi belgilandi.

"Bu loyihalar aniq boʻlishi: nechta korxona ishga tushadi, qancha infratuzilma quriladi, qancha aholi band boʻladi, degan hamma savollarga javob boʻlishi kerak", – dedi Mirziyoyev. 

Taʼkidlanishicha, loyihalarni moliyalashtirish manbalari "Har bir oila – tadbirkor", "Yoshlar – kelajagimiz", "Obod qishloq", "Obod mahalla" kabi dasturlar bilan bogʻliq holda hal etiladi. Mazkur tumanlardagi kam taʼminlangan oilalarni oʻzini oʻzi band qilish boʻyicha maqsadli dastur amalga oshiriladi. Yigʻilishda ushbu vazifalarni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy ishlar ham belgilab berildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader