Siyosat

Mirziyoyev va Berdimuhamedov Orolni qutqarish boʻyicha rejalarni muhokama qilishdi

© president.uzShavkat Mirziyoyev i Gurbangulы Berdimuxamedov
Shavkat Mirziyoyev i Gurbangulы Berdimuxamedov - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

TOSHKENT, 26 fev - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqotida Orolboʻyida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash va ekologik falokatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan amaliy chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Prezidentы Turkmenistana i Uzbekistana - Gurbangulы Berdыmuxammedov i Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev va Berdimuhamedov savdo va energetika masalasini muhokama qilishdi

Davlat rahbarlari Avaza shahrida Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi sammitining muvaffaqiyatli oʻtkazilgani hamda Turkmanistonning ushbu jamgʻarmadagi samarali raisligi mintaqa mamlakatlari va xalqaro hamjamiyatning Orol muammosini hal etish borasidagi birgalikdagi saʼy-harakatlariga yangi surʼat bagʻishlaganini qayd etishdi.

Suhbat davomida BMT shafeligidagi Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosida Trast fondi oʻz faoliyatini boshlagani hamda dengizning qurigan tubida oʻrmonlar yaratish boʻyicha olib borilayotgan keng miqyosli ishlar yuksak baholandi.

Orol dengizi tubidan suv chiqdi

Shuningdek, boʻlajak tadbirlar rejasi yuzasidan, jumladan, joriy yilning aprel oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuviga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida fikr almashildi.

Muloqot soʻngida davlat rahbarlari qardosh xalqlar va mamlakatlar farovonligi yoʻlida Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida intilishlari qatʼiy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.

Orol dengizining suvi qurigan hududida himoya oʻrmonzorlari barpo etiladi

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala