Dunyoda

Olimlar tuzning yangi xavfli xususiyatini aniqladilar

© REUTERS/Darrin Zammit LupiJenщina podmetayet sol
Jenщina podmetayet sol - Sputnik Oʻzbekiston
Myunxen Texnika universiteti (Germaniya) olimlari atopik dermatit - surunkali allergik kasalligiga chalingan bemorlarning teri namunalarini tahlil qilishdi.

TOSHKENT, 26 fev – Sputnik. Inson organizmida osh tuzining choʻkindisi allergik reaktsiyalar rivojlanishiga koʻmaklashadi. Bu haqda RIA Novosti MedicalXpress nashriga tayanib xabar qildi.

Myunxen Texnika universiteti (Germaniya) olimlari atopik dermatit - surunkali allergik kasalligiga chalingan bemorlarning teri namunalarini tahlil qilishdi. Tahlil natijasida terining kasallangan qismlarida natriy darajasi normadan 30 barobar yuqori ekanligini aniqlashdi.

Jertva nasiliya. Illyustrativnoye foto. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Shifokorlar depressiyadan xalos boʻlishning oddiy usulini maʼlum qilishdi

Mutaxasssislarning taʼkidiga koʻra, natriy xloridi T-hujayralarni interleykin-4 (IL-4) va interleykin-13 (IL-13) oqsillarini yuqori miqdorda ishlab chiqishga majburlaydi. Ushbu bogʻlanishlar inson organizmida muhim oʻrin tutadi, biroq,  haddan ortiq miqdor teri yalligʻlanishi kasalliklarini tez surʼatda rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Qayd etilishicha, T-hujayralariga natriy xlorid taʼsir oʻtkazishi toʻxtatilishidan soʻng allergik reaktsiyalar sezilarli ravishda pasayadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala