Siyosat

Rossiya va Belarus birlashib, Katta Rossiya vujudga keladimi?

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishVladimir Putin i Aleksandr Lukashenko na zasedanii VGS
Vladimir Putin i Aleksandr Lukashenko na zasedanii VGS - Sputnik Oʻzbekiston
Putin va Lukashenkoning muzokaralari gʻarbliklar jazavasini qoʻzgʻadi

TOSHKENT, 26 fev – Sputnik. Rossiya va Belarus prezidentlarining uchrashuvi Katta Rossiya paydo boʻlishi uchun muhim qadam boʻlishi mumkin, qator omillar shunga ishora qilmoqda, deya xabar tarqatmoqda bugun dunyoning obroʻli nashrlari. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Belarus bilan hamkorlikni qay tarzda davom ettirishi borasida "Vyetnam televideniyesi"ga intervyu berdi. 

Suverenitet muhokama qilinmaydi

Ilgariroq Sochida Vladimir Putin bilan oʻtkazgan muzokaralaridan soʻng Aleksandr Lukashenko mustaqillik mavzusi uchrashuv davomida koʻtarilmaganini aytgan edi.

Yejegodnoye poslaniye prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Yevropada qurol joylashtirsa, Rossiya oʻz raketalarni AQShga yoʻnaltiradi - Putin

"Biz birlik, urinishlarimizni, davlatlarni va xalqlarni birlashtirishda siz qanchalik tayyor boʻlsangiz shunchalik oldinga qadam qoʻyishga tayyormiz. Gapimga quloq soling, biz ertagayoq birlashishimiz mumkin, bizda muammo yoʻq, lekin sizlar, rossiyaliklar va belaruslar bunga tayyormisiz?", - deya ritorik savol bilan murojaat qilgan edi Belarus prezidenti.

Vyetnam jurnalistlari Rossiya tashqi ishlar vaziridan Belarus yetakchisining bayonotiga baho berishni soʻrashdi hamda Rossiya bu singari qadamga tayyorligi xususida savol berishdi.

Moskva va Minsk kelishib oladi

Sergey Lavrovning fikriga koʻra, ushbu mavzu atrofida hissiyotlar joʻsh urmoqda, jurnalistlarning koʻpi esa oʻzlari koʻp narsani toʻqib, oshirib yozmoqdalar. Rossiya pozitsiyasi esa oddiy va Belarus prezidentinikidan farq qiladi.

"Belarus va Rossiya oʻrtasida Ittifoqdosh davlat tuzish toʻgʻrisida kelishuv mavjud. Unda Ittifoqdosh davlat asosi boʻlgan kelishuvlar bayon etilgan. Bular asosan iqtisod, moliya, siyosat sohalari va tashqi siyosat yoʻnalishlariga aloqador", - deya aniqlashtiradi RF TIV rahbari.

Bыvshiy belarusskiy Bort № 1 samolyot Tu-154M - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Aleksandr Lukashenkoning samolyoti sotuvga qoʻyildi

Shundan soʻng u oʻtgan yil Rossiya va Belarus prezidentlari integratsiya masalalari boʻyicha Ishchi guruh tashkil etish toʻgʻrisida qarorni qabul qilgan edilar. Hozirda uning doirasida kelishuvlarning qay biri bajarilayotganini aniqlashtirish uchun tekshiruv olib borilmoqda.

Bundan tashqari ishchi guruhi Rossiya va Belarusning hozirgi bosqichdagi taraqqiyotini hisobga olgan holda, ushbu yoʻnalishda yana nimani amalga oshirish mumkinligi borasida imkoniyatlarni oʻrganmoqda.

"Bu yerda gap faqat shu haqda bormoqda. Shu bois biz Belarus bunga qay darajada tayyor boʻlsa, shu darajada hamkorlikni davom ettirishga tayyormiz", - deya aniqlik kiritgan Lavrov.

Intervyu yakunida Rossiya TIV rahbari "belarus tomoni ham xuddi shundan kelib chiqib harakat qilayotganini" taʼkidlagan hamda "demak, biz nimagadir kelisha olamiz. Men bunga ishonaman", -deb qoʻshimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala