Samarqandda 24 kishiga qalbaki aviachipta sotgan firibgarlar qoʻlga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston
Tezkor tadbirlar natijasida firibgarlarning shaxsi aniqlandi. Ular 24 nafar fuqaroga Turkiya va Rossiya davlatlariga aviachipta sotishga ulgurgan.

TOSHKENT, 26 fev - Sputnik. Samarqand shahri Kaftarxona koʻchasida 24 kishiga qalbaki aviachipta sotgan noqonuniy aviakassa aniqlandi, deb xabar qildi Zarafshon gazetasi.

Qalbaki chipta sotib olgan fuqaro SH.Aliqulova Rossiyaga yoʻl olgan, belgilangan vaqtda yaqinlari, qarindoshlari bilan xayr-xoʻshlashib, aeroportga kelib, chiptalarni rasmiylashtirish boʻlimiga kelganida, chipta soxtaligi aniqlangan.

Pokupka aviabileta - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Samarqandda qalbaki aviachiptalarni sotgan firibgar ustidan sud hukmi oʻqildi

Shu kuni Rossiyaga uchib keta olmagan SH.Aliqulova darhol bu haqda ichki ishlar boʻlimiga xabar qiladi.

Chipta sotib olingan joy, yaʼni Samarqand shahridagi Kaftarxona koʻchasida bu paytga kelib aviakassaning izi ham yoʻq edi. Surishtiruv natijalariga koʻra, firibgarlar vaqtincha joyni ijaraga olib, aviakassa sifatida birmuncha vaqt faoliyat koʻrsatgan.

Tezkor tadbirlar natijasida firibgarlarning shaxsi aniqlandi. Ular 24 nafar fuqaroga Turkiya va Rossiya davlatlariga aviachipta sotishga ulgurgan.

Ayni kunda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda. Jabrlanuvchilarga pullarini qaytarish ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala