Dunyoda

Shakira Ispaniya sudi oldida javob beradi

© AP Photo/Manu FernandezIspanskaya pevitsa Shakira
Ispanskaya pevitsa Shakira - Sputnik Oʻzbekiston
Ispaniya prokuraturasi tomonidan xonanda Shakira soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashda ayblanmoqda.

TOSHKENT, 26 fev – Sputnik. Mashhur qoʻshiqchi Shakira 12 iyun kuni Ispaniya sudida ayblanuvchi tariqasida qatnashadi.

Iqtisod
Ispaniya Oʻzbekistonga 150 million yevro imtiyozli kredit ajratadi

Unga soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashi haqida ayblovlar qoʻyilgan. Bu haqda RIA Novosti Europa Press agentligiga asosan xabar qildi.

Barselona provintsiyasining Espluges-de-Lobregat shahrida prokuraturaning arzi qabul qilindi.

Qarzdorlik miqdori 14,5 million yevro hisoblangan.

Prokuratura maʼlumotlariga koʻra, Shakira ishlab topgan pullarni Kayman, Virgin orollari, Panama va boshqa ofshor hududlardagi 14 ta kompaniya orqali yashirgan.

2010-2017 yillarda Shakira ispaniyalik futbolchi Jerar Pike bilan ishqiy munosabatda boʻlgan. Rasmiy oʻz munosabatlari haqida 2011 yilda eʼlon qilishgan, biroq Shakira Ispaniya soliq organlari hisobiga faqat 2015 yilda turgan.

Soliqchilar xonandani toʻrt yil davomida Ispaniyada soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashda gumon qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala