TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. AQSH Qurolli kuchlari kiberqoʻmondonligi 2018 yilda Peterburg "Internet-tadqiqotlar agentligi"ga "hujum" operatsiyasini amalga oshirddi. Bu haqda RIA Novosti The Washington Postga tayanib xabar qilmoqda.
Materialda aytilishicha, kiberhujum AQSH kongressiga boʻlgan oraliq saylovlar davomida amalga oshirilgan.
"Ular agentlikni internetdan uzib qoʻyishdi", - deb aytgan nashr xodimlaridan biri.
The Washington Post taʼkidiga koʻra, bu Kiberqoʻmondonlikning Moskvaga qarshi amalga oshirilgan shu kabi birinchi operatsiyasidir. Gazeta manbalari soʻzlariga koʻra, kiberhujum "rossiyaliklarga saylovlar natijalarini shubha ostiga qoʻya oladigan dezinformatsiya kampaniyasini keng olib borishga halal berish uchun amalga oshirilgan".
Pentagon amalga oshirilgan operatsiyani muvaffaqiyatli deb baholagan, deya taʼkidlanadi maqolada.