Kashmirdagi vaziyat tufayli Toshkent-Amritsar yo‘nalishida samolyot O‘zbekistonga qaytdi

© Press-slujba "Uzbekiston xavo yullari"Boeing dlya "Uzbekiston xavo yullari"
Boeing dlya Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amritsar Hindistonning shimoliy-g‘arbida joylashgan bo‘lib, Pokiston bilan chegaralariga yaqin shahri hisoblanadi.

TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Toshkent-Amritsar yo‘nalishida uchgan Uzbekistan airways aviakompaniyasiga tegishli bort raqami UK-67007 bo‘lgan Boeing 767-3CB(ER) samolyoti Toshkent shahriga qaytdi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” matbuot xizmati xabar qildi.

Mesto krusheniya indiyskogo samoleta v Kashmire. 27-fevralya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Pokiston Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirdi

Samolyot Toshkentdagi aeroportga soat 12:35 da muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirgan.

Qayd etilishicha, samolyotning ortga qaytishiga Pokiston Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirgani natijasida ikki mamlakat ustidagi tranzit parvozlarning to‘xtatilishi sabab bo‘lgan.

Amritsar Hindistonning shimoliy-g‘arbida joylashgan bo‘lib, Pokiston bilan chegaralariga yaqin shahri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq Pokiston armiyasi chorshanba kuni ertalab mamlakatning bahsli mintaqasi Kashmirda Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirgani haqida xabar qilingan edi. Pokiston TIV Islomobod o‘z-o‘zini mudofaa qilishga qodirligini namoyish etganini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0