Mart oyidan kontraktlar narxi oshadi - OAV

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, kontraktini oldindan 1-yillik to‘lab qo‘ygan talabalar 2-semestr uchun yuzaga kelgan farqni qo‘shimcha to‘lov qilishlariga to‘g‘ri keladi.

TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Mart oyidan kontraktlar narxi oshadi, deb xabar bermoqda O‘zbekistondagi mahalliy OAVlar.

"2018 yil 13-oktabrdagi prezident Farmoniga binoan, 1-noyabrdan eng kam oylik ish haqi miqdorlari 10% ga oshirilgan edi. Xabaringiz bor, o‘tgan yili ilk marotaba OTMlardagi to‘lov-kontraktlar miqdori eng kam ish haqiga bog‘lab qo‘yilgandi. Bu esa shuni anglatadiki, ish haqlari oshsa, kontrakt ham xuddi shuncha foizga oshadi. Faqat qoidaga binoan, EKIH miqdori oshirilganda kontraktlar navbatdagi semestrdan boshlab oshiriladi", - deyiladi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarda.

Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Eng kam ish haqi bilan to‘lov-kontrakt narxlari ham oshadi

Demak, noyabrda oshgan ish haqlari mart oyidan boshlab o‘quv yilining 2-yarmi uchun to‘lanadigan kontraktga ta’sir qiladi.

Xususan, 2-semestrdan kontrakt miqdorlari quyidagicha bo‘ladi:

BAKALAVRIAT (kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim uchun)

1-toifa: 45 barobar – 9 mln 122 ming 850 so‘m
2-toifa: 46 barobar – 9 mln 325 ming 580 so‘m
3-toifa: 50 barobar - 10 mln 136 ming 500 so‘m
4-toifa: 55 barobar - 11 mln 150 ming 150 so‘m
5-toifa: 60 barobar - 12 mln 163 ming 800 so‘m

Toifalarga qaysi ta’lim yo‘nalishlari to‘g‘ri kelishini mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

Voyennoslujashie Uzbekistana vo vremya ucheniy - Sputnik O‘zbekiston
Milliy gvardiyaga kontrakt bo‘yicha xizmatga qabul qilish tartibi tasdiqlandi

MAGISTRATURA

1-toifa: 49 barobar – 9 mln 933 ming 770 so‘m
2-toifa: 51 barobar – 10 mln 339 ming 230 so‘m
3-toifa: 55 barobar – 11 mln 150 ming 150 so‘m
4-toifa: 61 barobar – 12 mln 366 ming 530 so‘m
5-toifa: 66 barobar – 13 mln 380 ming 180 so‘m

Ta’kidlanishicha, kontraktini oldindan 1-yillik to‘lab qo‘ygan talabalar 2-semestr uchun yuzaga kelgan farqni qo‘shimcha to‘lov qilishlariga to‘g‘ri keladi.

Yangiliklar lentasi
0