Skuter mingan patrul xodimlari endi Xorazmda ham paydo bo‘ldi

© OVD Xorezmskoy oblastiUnikalniy patrul na skuterax poyavilsya teper v Xorezme
Unikalniy patrul na skuterax poyavilsya teper v Xorezme - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorazmda xavfsiz turizmni ta’minlash xizmati yo‘lga qo‘yilganidan buyon xorijiy sayyoxlarga nisbatan huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.

TOShKENT, 28 fev - Sputnik. Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga "Sigway" va "Skuter" harakat vositalari ajratildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Xorazm IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi vakili.

V Tashkente poyavilsya unikalniy patrul na skuterax - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda skuterli patrul xizmati paydo bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, boshqarmaga asosan xorijiy tillarni biladigan yigit-qizlar bilan jamlangan bo‘lib, ularda fuqarolar va sayyoxlar bilan muloqot qilish ko‘nikmalari to‘liq shakllantirilgan.

"Har qanday soxada faqatgina kadrlar salohiyati bilangina ko‘zlangan natijaga erishib bo‘lmaydi, bunda albatta zamonaviy texnika va texnologiyalardan ham samarali foydalanish talab etiladi. Shuni inobatga olgan holda, Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi moddiy-texnik bazasini boyitishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yaqinda boshqarma shaxsiy tarkibiga xizmatda foydalanishi uchun "Sigway" va "Skuter" harakat vositalari ajratildi. Bu ularning xizmat faoliyatida bir qator qulayliklar yaratdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi", - dedi suhbatdosh.

“Ichan qal’a” muzey qo‘riqxonasi hududida o‘rnatilgan boshqarma ko‘chma punkti nafaqat xodimlarning qulay sharoitda xizmat olib borishlari shu bilan birgalikda sayyoxlarning ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari uchun ham qulaylik yaratmoqda.

Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tarkibida xizmat olib boruvchi xodimlarning alohida ajratib turuvchi belgi (atributika)ga ega ekanliklari ularni tezda tanib olish imkonini beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur boshqarma faoliyati yo‘lga qo‘yilganidan buyon xorijiy sayyoxlarga nisbatan huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan..

Yangiliklar lentasi
0