Qonun ustuvorligi reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Obuna bo‘lish
O‘tgan yilgi reytingda O‘zbekiston 91-o‘rinda edi. Bu yilgisida esa 94-o‘rinda qayd etildi

TOShKENT, 28 fev - Sputnik. Qonun ustuvorligi indeksida O‘zbekiston 126ta davlat orasida 94-o‘rinni egalladi. O‘zbekistonning ushbu reytingdagi o‘rni o‘tgan yilgiga qaraganda 2 pog‘ona yaxshilangan.

Rekonstruksiya trassi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Eng yomon yo‘llarga ega mamlakatlar reytingi e’lon qilindi - O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q

O‘tgan yilgi reytingda O‘zbekiston 91-o‘rinda edi. Bu yilgisida esa 94-o‘rinda qayd etildi.

Tashkilotchilar "ikki pog‘ona yaxshilanishni" reytingga 13ta yangi davlat qo‘shilgani bilan izohlashmoqda. Ya’ni o‘tgan yili O‘zbekiston 113ta davlat orasida 91-o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, bu yil 126ta davlat orasida 94-o‘rinni egallagan.

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida O‘zbekiston 13ta davlat orasida 12-o‘rinda qayd etilgan. Oxirgi o‘rin Turkiyaga nasib qilgan.

Markaziy Osiyoda eng yaxshi ko‘rsatkich Qozog‘istonga tegishli (umumiy reytingda 65-o‘rin), undan keyin Qirg‘iziston (85-o‘rin) o‘rin olgan. Tojikiston va Turkmaniston reytingga kiritilmagan.

Reyting peshqadamlarida o‘zgarish bo‘lmagan. Daniya hamon 1-o‘rinda bormoqda.

Kuchli o‘nlikdan Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Nederlandiya, Germaniya, Avstriya, Yangi Zelandiya, Kanada, Estoniya davlatlari o‘rin egallagan.

Yangiliklar lentasi
0