Lola Karimova sevimli nonushta retsepti bilan o‘rtoqlashdi

Obuna bo‘lish
“Sog‘lom nonushta kayfiyatingizni ko‘tarishi mumkin”, – deb yozgan Lola Karimova.

TOShKENT, 1 mar – Sputnik. O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva Instagram sahifasida sevimli nonushta retsepti bilan o‘rtoqlashdi.

Lola Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova bu asarni bir kechada o‘qib tugatgan: o‘zbek romani tarjima qilindi

“Mening nonushta paytida sevib tanovul qiladigan ovqatim bu kechga uvitilgan suli yormasi, ya’ni ovsankadir. Buning uchun xom suli yormasini, olma va tozallangan kungaboqar yoki qovoq urug‘i, turli yong‘oqlar, sarig‘ mayiz, va sut (bodom, soya yoki suli yormasidan tayyorlangan sut) va maydalangan dolchin (koritsa) kerak bo‘ladi.  

Bir yarim stakan suli yormasiga, to‘rtdan bir stakan pista, to‘rtdan bir stakan turli yong‘oq mag‘izlari kerak bo‘ladi. Men o‘z retseptimda tozallangan qovoq va kungaboqar urug‘lari, tabiiy keshyu, maydalab to‘g‘ralgan yarimta katta olma, va to‘rtdan bir stakan mayiz ishlataman.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Lola Karimova-Tillyaeva (@lola_tillyaeva)

Birinchi quruq mevalar aralashtiriladi, so‘ng olma qo‘shiladi va aralashtirilgandan keyin chuqur idishga joylashtirilib ustidan sut quyiladi; butun aralashma sut bilan qoplanishi kerak. Ustidan koritsa sepsangiz ham bo‘ladi.

Men koritsani yaxshi ko‘raman, u yallig‘lanishga qarshi yaxshi vosita bo‘lib, antioksidant hisoblanadi; qonda qand darajasini normallashtiradi, va yurak faoliyatiga foydali. Men to‘rtdan bir choy qoshiq koritsa qo‘shaman.

Bo‘tqani yopiq konteynerda kechqurun xolodilnikda qoldiraman. Ertalab esa nonushtam tayyor, va bu vaqtimni ham tejaydi.

O‘zingizga kerakli qismini olib, qolganini ertasiga ham qoldirshingiz mumkun. Koritsa
qo‘shilgan suli yormasi xolodilnikda bir haftagacha saqlanishi mumkin.

Bu nonushtaning siri shundaki kechga uvitilgan xom suli yormasi barcha foydali moddalarni o‘zida saqlab qoladi va oshqozondagi yaxshi bakteriyalarga oziqa bo‘ladi. Bu bakteriyalar baxt gormoni xisoblangan serotoninni ishlab chiqaradi”, - deb yozgan Lola Karimova.

Yangiliklar lentasi
0