Toshkent viloyatida erkak sobiq xotinini o‘ldirish uchun “killer” yolladi

CC0 / Unsplash / Dorian Hurst / Mujchina s orujiyem v rukax
Mujchina s orujiyem v rukax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatida erkak sobiq turmush o‘rtog‘i o‘ldirishi haqida topshiriq berib, evaziga 1500 dollar miqdorida mukofot puli va’da qiladi.

TOShKENT, 1 mar - Sputnik. Toshkent viloyatida sobiq turmush o‘rtog‘ini o‘ldirish uchun 1 500 dollar va’da qilib, qotillikka odam yollagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda ma’lum qilinishicha, 2019-yil 11-fevral kuni Toshkent viloyati IIBga Chirchiq shahrida yashovchi 1970-yilda tug‘ilgan fuqaro B. Y ariza bilan murojaat qilib, tanishi Qibray tumanida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan D. A sobiq turmush o‘rtog‘i 1979-yilda tug‘ilgan Sh. Mni o‘ldirishi haqida topshiriq berib, evaziga unga 1500 dollar miqdoridagi pullarni va’da qilayotganligini ma’lum qiladi.

Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda singil o‘z tug‘ishgan akasini o‘ldirish uchun "killer" yolladi

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 2019-yilning 13-fevral kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va viloyat Prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilib, buyurtmachi D. A uchun sobiq turmush o‘rtog‘i Sh.M o‘ldirilganligi, qotillik jinoyati B. Y tomonidan sodir etilganligi sahnalashtirilib, dalil sifatida foto suratlar hamda sobiq turmush o‘rtog‘iga tegishli ayollar sumkasi beriladi. Shundan so‘ng buyurtmachi D.A ishni bitirganligi uchun B. Yga kelishilgan puldan 400 000 so‘mni berayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Kelinini o‘ldirish uchun killer yollamoqchi bo‘lgan qaynota hibsga olindi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Prokuraturasi tomonidan fuqaro D.Aga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 25/97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Yangiliklar lentasi
0