O‘zbekistonlik sayyohlar Qrimda dam olishni xush ko‘rishadi

© Sputnik / Aleksei Malgavko / Mediabankka o‘tishArtisti na otkritii Yaponskogo sada na territorii parka "Ayvazovskoe" v Krimu
Artisti na otkritii Yaponskogo sada na territorii parka Ayvazovskoe v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Germaniya, Isroil, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Moldova, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari Qrimga dam olishga tez-tez borib turadilar.

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Qrim parlamentining sanator-kurort majmuasi va turizm qo‘mitasi rahbari Aleksey Chernyak Qrimga qaysi davlatlardan eng ko‘p sayyohlar kelishini ma’lum qildi.

Yalta qirg‘og‘i - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa va amerika aholisining uchdan biri Qrim Rossiyaga tegishli deb hisoblaydi

Chernyakning so‘zlariga ko‘ra, Qrimga dam olish uchun eng ko‘p Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Germanii, Isroil, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Moldova, Tojikiston va O‘zbekistondan turistlar kelishadi.

"2018 yil yakunlariga ko‘ra, Qrimda dunyoning 144 mamlakatidan sayyohlar bo‘lganlar. To‘g‘ri, u yoki bu mamlakatdan bir-ikki nafardan vakillar ham kelishgan, ammo shunday mamlakatlar borki, u yerdan kelgan sayyohlarni ming-ming kishilarni tashkil etgan... Ukraina bu mamlakatlar orasida birinchi o‘rinda", - deb aytgan Chernyak "Sputnik Qrimda" radiostansiyasi efirida.

Ilgariroq Qrim respublikasi rahbari Sergey Aksenov 2018-yil kurort mavsumida Qrimga 6,8 million turistlar kelganini, bu esa sobiq ittifoq mamlakatlari orasida rekord ko‘rsatkichni tashkil etishini ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, dam oluvchilarning 16%i Ukraina davlat chegarasi orqali kirib kelganlar.

Qrim endigi kurort mavsumida plyajlar sonini 460tagacha oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi respublika kurortlar va turizm vaziri Vadim Volchenko.

O‘tgan yili, vazirlik xabariga ko‘ra, Qrimda 446ta plyaj faoliyat yuritgan.

Volchenko shuningdek, joriy yilda xavfsizlik masalalariga talab kuchaytirilayotgani, bu esa birinchi navbatda plyajlardagi qutqaruvchi-matroslar ishiga, va umuman suv obyektlaridagi xavfsizlikka tegishlidir.

Yangiliklar lentasi
0