O‘zbekistonning alyumin orzusi: mamlakatda ilk elektromobil qanday yaratilmoqda

© Uz24Alyuminiyevaya mechta Uzbekistana: kak sozdayetsya perviy v strane elektromobil
Alyuminiyevaya mechta Uzbekistana: kak sozdayetsya perviy v strane elektromobil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi vaqtda loyihani amalga oshirish uchun 40 million so‘mga yaqin mablag‘ sarflangan. Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, elektromobil narxi 110-150 million so‘mga tushadi.

TOShKENT, 2 mar - Sputnik. O‘zbekistondagi birinchi elektromobil qurilish ishlari Buxoroda to‘liq hajmda olib borilmoqda, deb xabar qilmoqda Uz24.

Elektromobil Saidbek Dream Cars savdo markasi ostida Al-FRAGANUS nomi bilan sotiladi.

© Uz24Alyuminiyevaya mechta Uzbekistana: kak sozdayetsya perviy v strane elektromobil
O‘zbekistonning alyumin orzusi: mamlakatda ilk elektromobil qanday yaratilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Alyuminiyevaya mechta Uzbekistana: kak sozdayetsya perviy v strane elektromobil

Hozirgi vaqtda loyihani amalga oshirish uchun 40 million so‘mga yaqin mablag‘ sarflangan. Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, elektromobil narxi 110-150 million so‘mga tushadi.

"Elektromobilni qurish ishlari hali yakunlanmagan. Birinchi prototipini yaratish ishlari 4 oyga mo‘ljallangan. Afsuski, men bu yerda (Buxoroda) bir o‘zim ishlayman, chunki kerakli kadrlarni topa olmadim, jamoam a’zolari menga masofadan turib yordam berishadi. Hozirda loyiha aniq mana shu sanada bitadi, deb aytish qiyin. Chunki unga ketadigan ehtiyot qismlarni topish mushkul kechmoqda. Agar biz ularni topa olsak, elektromobil qurilishini bir oyda yakunlashimiz mumkin", - deb aytgan loyiha muallifi Saidbek G‘ulomov.

© Uz24Alyuminiyevaya mechta Uzbekistana: kak sozdayetsya perviy v strane elektromobil
O‘zbekistonning alyumin orzusi: mamlakatda ilk elektromobil qanday yaratilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Alyuminiyevaya mechta Uzbekistana: kak sozdayetsya perviy v strane elektromobil

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning sentabrida farg‘onalik bir guruh yosh olimlar Buxoro viloyatida elektromobil qurish ishlarini boshlab yuborishgan edi. Ushbu loyiha homiysi Rossiya fuqarosi, asli o‘zbekistonlik Shamsiddin Hasanovdir.

AvtoVAZ predstavil universali Lada Vesta SW i Lada Vesta SW Cross - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada 2018 yilda eng ko‘p sotilgan avtomobillar nomi e’lon qilindi

Elektromobil dizaynini yaratishda Farg‘ona do‘ppisi elementlaridan foydalanilgan. Elektromobil kuzovi 100% alyuminiydan ishlangan. Avtomobil uzunligi 4 metru 75 santimetr, eni 2 metr, balandligi 1,53 metr. 18 duymlik g‘ildiraklardan foydalanilmoqda. U 6,5 soniyada 100 km/s masofani bosib o‘ta oladi. To‘liq zarad olgan avtomobil 350 km masofani bosib o‘ta oladi.

Loyiha muallifining so‘zlariga ko‘ra, elektromobilni xarid qilishni istovchilar juda ko‘p, ammo avtomobilning birinchi egasi G‘ulomovning o‘zi bo‘ladi.

"Qolgan mijozlar uni minib ko‘rishlari va individual buyurtma berishlari mumkin". - deb qo‘shimcha qilgan muallif.

G‘ulomovga ko‘ra, agar buyurtmalar soni ko‘paysa, ishlab chiqarish quvvati ham oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0