Yelena Isinbayeva yengil atletikani rivojlantirish bo‘yicha qimmatli maslahatlar berdi

© NOK Uzbekistana Yelena Isinbayeva v Uzbekistane
 Yelena Isinbayeva v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Isinbayeva “Nafosat-2019” ayollar spartakiadasining sharafli mehmoni sifatida O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

TOShKENT, 3 mar – Sputnik. Rossiyalik mashhur gimnastikachi Yelena Isinbayeva O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sport islohotlarini yuqori baholadi, deb xabar qilmoqda Olimpiya qo‘mitasi.  

Isinbayeva O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasida “Nafosat-2019” ayollar spartakiadasiga sharafli mehmon sifatida tashrif buyurgan. Taniqli sportchi o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Qo‘rqmasdan ayta olamanki, mamlakatingiz rahbariyati sportni rivojlantirish uchun istiqbolli g‘oyalar bilan ishlamoqda. Yurtingizda uch haftadan so‘ng xalqaro marafon bo‘lib o‘tadi. Bu juda katta voqelik. Unda ko‘plab davlatlardan ishtirokchilar va mutasaddilar tashrif buyurib, musobaqa borasida o‘z fikrlarini bildirishadi.  O‘ylaymanki, bu O‘zbekistonda sport va yengil atletikaning rivoji uchun yaxshi impuls bo‘ladi. Eng asosiysi, 2030-yili bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun kurashda sizlarga omad tilab qolaman. Aminmanki, shunday rivojlanishda niyatingizga yeta olasiz», – deydi Isinbayeva.

Shuningdek Isinbayeva 2002-2003 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo xalqaro musobaqasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan yosh atletlarni taqdirlash marosimida ham ishtirok etdi.

Rossilik sportchi O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mutasaddilari bilan yengil atletikaning rivoji borasida o‘tkazilgan suhbatda ham ishtirok etib, qimmatli maslahatlar berdi.

Yig‘ilish yakunida faxriy mehmonga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

© NOK Uzbekistana Yelena Isinbayeva v Uzbekistane
Yelena Isinbayeva yengil atletikani rivojlantirish bo‘yicha qimmatli maslahatlar berdi - Sputnik O‘zbekiston
Yelena Isinbayeva v Uzbekistane
Yangiliklar lentasi
0