Keksa ayolni avtobusdan tushirib yuborgan haydovchiga chora ko‘rildi

© tashtrans.uzObshestvenniy transport v Tashkente
Obshestvenniy transport v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Keksa ayolga qo‘pol muomalada bo‘lgan avtobus haydovchisiga nisbatan chora ko‘rildi.

TOShKENT, 3 mar – Sputnik. “Toshshaxartransxizmat” ma’muriyati keksa yoshli ayolni avtobusdan tushirib yuborgan haydovchi va konduktorga nisbatan chora ko‘rdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda 51-sonli avtobus haydovchisi va konduktori keksa yoshli ayolga qo‘pol muomalada bo‘lib, avtobusdan tushirib yuborgani aks etgan video paydo bo‘lgan edi.

Avtobusi v avtoparke - Sputnik O‘zbekiston
Nogironlarga avtobusga chiqishga yordam bermagan haydovchilar jazolandi

Ushbu voqea jamoatchilik o‘rtasida munozaralarga sabab bo‘lgan. “Toshshaxartransxizmat” ma’muriyati ushbu holat yuzasidan komissiya tuzib, o‘rganib chiqqan va haydovchi va chiptachidan ushbu voqea yuzasidan tushuntirish xati olingan. Undan tashqari ularga nisbatan hayfsan e’lon qilingan. 

"Albatta, haydovchi va chiptachi kasb odobiga rioya etmagani, muomala madaniyatini buzganligi, yo‘lovchiga qo‘pol muomalada bo‘lgani uchun to‘la aybdor. Ularga nisbatan ichki tartibdan kelib chiqib intizomiy jazo belgilandi. Haydovchi va chiptachiga nisbatan xayfsan e’lon qilindi", - deyilgan xabarda.  

Shu bilan birga transport kompaniyasi, avtoobus haydovchisi va chiptachining hatti harakatini izohlab bergan.

"Haydovchi va chiptachi so‘zlariga ko‘ra, keksa ayol o‘zi aytganidek birinchi marta emas, balki bir necha marta avtobusda bepul yurgan. Ayol u tekinga avtobusdan foydalanishi huquqi borligini aytgan. Ammo bunga hech qanday asos mavjud emas. Shu bois haydovchi va chiptachi uni avtobusdan tushirib yuborgan", - deyilgan xabarda. 

Afsuski, "Toshshahartransxizmat" avtobus haydovchilarfaoliyati OAVlarda tez-tez muhokama qilib turiladi. Afsuski, ko‘p hollarda salbiy va tanqidiy mavzularda. 28-fevral kuni nogiron aravachasida bo‘lgan kishiga avtobusga chiqishga yordam bermagan haydovchiga nisbatan chora ko‘rilgani haqida xabar bergan edik. 

 

Yangiliklar lentasi
0