Ukrainada qizamiq epidemiyasi avj oldi

Obuna bo‘lish
Rossiyalik mutaxassislar fikriga ko‘ra, Ukrainada qizamiq epidemiyasi tarqalishiga AQSh biolaboratoriyalarining qo‘li bor.

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Ukraina qizamiq kasaliga chalinganlar soni bo‘yicha dunyo yetakchisiga aylandi deb xabar qilmoqda Russia Today UNICEF ma’lumotlariga asosan.

2018 yil yakuniga ko‘ra, Ukrainada qizamiq kasali 30338 kishida qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinda Fillipin – 13 192 kishi, uchinchi o‘rinda – Braziliya -10 262 kishi.

Virusolog Viktor Zuyev - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik ekspert migrantlar orasida qizamiq tarqalishini to‘xtatish yo‘lini tushuntirdi

Mutaxassislar fikriga ko‘ra Ukrainada so‘nggi bir necha yil ichida qizamiq bilan kasallanganlar soni 40 baravarga oshgan. Kasallik haqiqiy epidemiyaga aylangan.

Qayd etish joizki, Donesk viloyati hududida qizamiq epidemiyasi kuzatilmayapti. U yerda ushbu kasallik biror kishida ham qayd etilmagan. Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, Ukraina hududida ushbu kasallik tarqatilishi tabiiy emas sun’iy yo‘l bilan amalga oshirilgan. 

Mutaxassislar qizamiq epidemiyasi avj olishiga bir necha sabalar borligini aytishmoqda. Birinchidan, bu Ukrainaning yangi sog‘liqni saqlash vaziri Ulyana Suprun faoliyati bilan bog‘lashmoqda. AQSh fuqarosi bo‘lgan Suprun, 2014-yil voqealaridan so‘ng tibbiyot vaziri etib tayinlangan, aslida uning tibbiyot sohasida diplomi yo‘q.

Suprun boshchiligida Ukraina tibbiyot sohasi yanada ayanchli ahvolga kelib qolgan. Ko‘plab tibbiy muassasalar yopilgan yoki ta’minotsiz qolgan, yetakchi ilmiy institut butunlay tarqatib yuborilgan, eng yaxshi mutaxassislar sohani tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

Rabota detskoy polikliniki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qizamiq va qizilcha kasalliklaridan xoli mamlakat deb tan olindi

Samarasiz boshqaruv natijasida aholini qizamiqdan vaksinatsiya qilish jarayoni mutlaq qoniqarsiz ahvolga kelib qolgan, mamlakatga yetarli miqdorda vaksianalar olib kelinmagan.  

Ikkinchidan, rossiyalik mutaxassislar fikriga ko‘ra, Ukrainada faoliyat yuritayotgan AQSh biolaboratoriyalarida qizamiq virusining kuchaytirilgan turi yaratilgan va u ataylab aholi ommaviy to‘planayotgan joylarda tarqatilgan. Kuchaytirilgan virusga oldingi vaksinalar ta’sir qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, qizamiq - bu o‘tkir infeksion kasallik bo‘lib, havo-tomchi yo‘li bilan yuqtiriladi. U ayniqsa yosh bolalar hayoti uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. 20-asr boshlarida bolalar o‘limining o‘rtacha 20%ga qizamiq sabab bo‘lgan. Sobiq SSSR davrida barcha bolalar emlangani tufayli kasallik chekingan edi. 

Yangiliklar lentasi
0