Umid Axmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Umid Axmadjonov nomzodi Tailandda bo‘lib o‘tgan Bosh Assambleyada ko‘pchillik ovoz bilan tasdiqlandi.

TOShKENT, 3 mar – Sputnik. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti bo‘ldi. Bu haqida O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasining matbuot xizmati xabar qildi.

"Menga ishonch bildirib, ovoz berganingiz uchun rahmat aytaman. Ushbu ishonch menga g‘urur bag‘ishlaydi, shu bilan birga bu katta mas’uliyat hamdir. Men ushbu lavozimda nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi manfaatlarini himoya qilaman. Asosiy maqsadim XOQ Ijroiya Qo‘mitasi a’zolari safidan o‘rin olishdir. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tarkibiga kirish uchun bor kuchimni ishga solaman", – dedi Umid Ahmadjonov.

Ushbu kunlarda Tailandda bo‘lib o‘tayotgan Bosh Assambleya davomida 2019-2022 yillar uchun tashkilot rahbariyatiga, Ijroiya Qo‘mitasi va doimiy komissiyasiga a’zolar saylandi.

Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov shuningdek Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi prezidenti ham hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0