Baynalmilal jangchilarning onalariga medallar taqdim etildi

Obuna bo‘lish
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 8-mart Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan baynalmilal burchini ado etish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan yigitlarning onalariga bayram dasturxoni yozildi.

TOShKENT, 4 mar - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Veteran birlashmasi raisi Tal’at Muradov Birlashmaning 25-yilligi munosabati bilan chiqarilgan yubiley medallarni baynalmilal burchini ado etish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan yigitlarning onalariga taqdim etdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Toshkent shahrining  Yunusobod tumanida 8-mart Xalqaro xotin kizlar kuni munosabati bilan baynalmilal burchini ado etish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan yigitlarning onalariga bayram dasturxoni yozildi.

Lyudi smotrat spisok pavshix v VOV - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Afg‘onistonda halok bo‘lgan jangchilar nomlari abadiylashtiriladi

Tadbirda yig‘ilgan onaxonlar, mardlarcha halok bulgan farzandlarining nomlari  mustaqillik maydonidagi xotira kitobiga kiritilganligini  chuqur his - hayajon bilan tilga olib, duoga qo‘l ochishdi. Qurbon bo‘lgan farzandlarning ota-onalari uchun "Xotira kitobi" unutilmas xotiralarining borar makoniga aylandi.

Shuningdek, Birlashmaning Toshkent shahar kengashi tomonidan sovg‘alar, gullar va Yunusobod tumanidagi  288-maktabning ko‘ngilli o‘quvchilari tomonidan she’rlar o‘qilib, guldastalarning sovg‘a qilindi.

Bundan tashqari, Respublika Birlashma raisi tomonidan mustaqil yurishga qiynaladigan onaxonlarga tayanch harakatiga ko‘maklashuvchi qurilmalar topshirildi.

Vatan, xalq uchun jon fido  etgan farzandlarning doimo xotiralanishi, ularning ruhlarining shod etilishi yosh avlodlarning qadriyatlar ta’sirida shakllanishida muhim omildir.

Yangiliklar lentasi
0