Shavkat Mirziyoyev Humo Arena ochilish marosimida ishtirok etadi

© Heerim ArchitectsEskiz interyera stroyashegosya mnogofunksionalnogo ledovogo kompleksa Humo Arena v Tashkente
Eskiz interyera stroyashegosya mnogofunksionalnogo ledovogo kompleksa Humo Arena v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Humo Arena ochilish marosimi 15-mart kuniga belgilangan. Unda prezident hamda hukumat, parlament va diplomatik korpus vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

TOShKENT, 4 mar - Sputnik. 15-mart kuni Humo Arena muz saroyi ochilish marosimida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi, deb xabar qildi muz saroyi ma’muriyati Sputnik muxbiriga.

Taklif qilingan mehmonlar orasida, shuningdek hukumat va parlament vakillari, viloyat hokimlari, jamoatchilik tashkilotlari, madaniyat va fan arboblari, O‘zbekistonning yetakchi sportchilari, diplomatik korpus vakillari hamda mehribonlik uylari bolalari bo‘ladi.

Eskiz interyera stroyashegosya mnogofunksionalnogo ledovogo kompleksa Humo Arena v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Humo Arena ochilishi 15-mart kuniga belgilandi

Ochilish marosimining asisiy g‘oyasi – qishgi sport turlari hamda muz saroyi arxitekturasining uyg‘unligi mavzusi bo‘ladi. Asosiy arenada yozgi va qishgi sport turlari sportchilari o‘z mahoratlarini namoyish etishadi. Shuningdek sahnada zamonaviy namoyish etiladi.

Tantanali ochilish marosimini lazer shou hamda 3D animatsiya, "Shelkunchik" spektakli va musiqali shou dastur davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Xumo Arena 7 qavatdan iborat bo‘lib, uning umumiy maydoni 82 ming metr kvadrat. Majmua 12 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Shuningdek u yerda 1600 o‘rinli avtoturargoh bor.

Yangiliklar lentasi
0