Moskvada O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi – TIV

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi.
Avtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva shahrida yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Rossiya poytaxti Moskva shahrida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilning 3-mart kuni Moskva shahrida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

Politsiya - Sputnik O‘zbekiston
TIV Moskvada o‘zbekistonliklar ishtirokida yuz bergan mushtlashuv bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

“YTH oqibatida 1986-yil 4-oktabrda Namangan shahrida tug‘ilgan mamlakatimiz fuqarosi Sardorbek Akramovich G‘afurov halok bo‘lgan”, - deyiladi xabarda.

Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, hodisa vaqtida jarohat olgan 20 yoshli Saidjon Uksan o‘g‘li Urunov 1-son shahar klinik shifoxonasiga yuborilgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur masala elchixona Konsullik bo‘limi nazoratida turibdi.

Yangiliklar lentasi
0