Hodisalar

Toshkent viloyatida yuk poyezdi urib ketgan yoʻlovchi halok boʻldi

© Sputnik / Aleksey MalgavkoPosledstviya DTP v Krыmu
Posledstviya DTP v Krыmu - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent viloyatining Qibray tumanidan oʻtuvchi “Qodriya-Oqqovoq” temir yoʻl bekatlari oraligʻining 16-km.da noxush hodisa sodir boʻldi.

TOSHKENT, 5 mar – Sputnik. Toshkent viloyatining  Qibray tumanida poyezd temir yoʻlni kesib oʻtayotgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Jeleznodorojnыe puti - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Poyezd va “Damas” toʻqnashuvi oqibatida 2 nafar fuqaro vafot etdi

Xabarda aytilishiga koʻra, 4 mart kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanidan oʻtuvchi “Qodriya-Oqqovoq” temir yoʻl bekatlari oraligʻining 16-km.da yuk poyezdi “Qibray” QFY Birlik koʻchasida istiqomat qilgan fuqaroni ehtiyotsizligi sabab urib ketgan.

Natijada fuqaro jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala