Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

© Sputnik / Irina Kalashnikova / Mediabankka o‘tishMeropriyatiya v Parije v chest 100-letiya okonchaniya I mirovoy voyni
Meropriyatiya v Parije v chest 100-letiya okonchaniya I mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning harakatlari Ukrainadagi xavfsizlik va barqarorlikka xavf tug‘diradi.

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Amerika prezidenti Donald Tramp 2014-yilda Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarning amal qilish muddatini uzaytirdi, deb xabar qildi Oq uy matbuot xizmati.

Prezident Litvi dalya Gribauskayte prinimayet uchastie v rabote Yevropeyskogo soveta v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
Litva Rossiyaga qarshi sanksiya kiritdi

Hujjatda yozilishicha, Barak Obama kiritgan sanksiyalar 6-martdan keyin ham yana bir yil davomida amal qiladi

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning harakatlari Ukrainadagi xavfsizlik va barqarorlikka xavf tug‘diradi. Shuningdek, Rossiya hukumatining qarorlari AQSh milliy xavfsizligi manfaatlari va tashqi siyosatiga favqulodda xavflar keltirib chiqaradi.

Rossiya va G‘arb davlatlarining munosabatlari Ukrainadagi vaziyat va referendumdan so‘ng Rossiya tarkibiga kirgan Qrim sababli yomonlashdi. G‘arb davlatlari Rossiyani Ukrainaning ishlariga aralashishda ayblab, unga qarshi sanksiyalar joriy etishdi. Moskva ham ularga nisbatan javob choralarini qo‘lladi va barcha ayblovlarni inkor etdi. So‘nggi paytlarda G‘arbda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish zarurligi haqidagi fikrlar tez-tez yangramoqda.

Yangiliklar lentasi
0