Jamiyat

Oʻzbekiston MDH Parlamentlararo assambleyasiga qoʻshildi

Oʻzbekiston cheklangan miqdorda badal toʻlash sharti bilan MDH parlamentlararo Assambleyasiga aʼzo boʻldi.

TOSHKENT, 5 mar – Sputnik. Oʻzbekiston Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Parlamentlararo assambleyasiga qoʻshildi, deb xabar qilmoqda Huquqiy axborot telegram kanali. 

“Oʻzbekiston MDH Parlamentlararo Assambleyasi Konventsiyasini quyidagi shart bilan ratifikatsiya qildi: Oʻzbekiston MDH Parlamentlararo assambleyasi uchun faqat oʻz vakillarini taʼminlash uchun yetarli boʻlgan miqdorda mablagʻ ajratadi”, - deyilgan xabarda.  

Ushbu haqidagi qonunni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

Maʼlumot uchun, MDH Parlamentlararo assambleyasi 1992 yilning 27 mart kuni tashkil qilingan. 1995 yilda MDH PAA mustaqil davlatlararo tashkilot maqomiga ega boʻlgan edi.

Parlamentlararo Assambleyaning eng muhim vazifasi – MDH davlatlari qonunchilik bazasini yaratish va ularni bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala