O‘zbekistonda voyaga yetmagan farzandi bor ayollarning xorijga chiqishini cheklash taklif qilindi

Obuna bo‘lish
Deputat Marhabo Qurbonovaning so‘zlariga ko‘ra, kommunal to‘lovlardan qarzi bo‘lgan fuqaro xorijga chiqa olmaydi, chunki bunga qonunchilik yo‘l qo‘ymaydi. Ammo 3-4 nafar voyaga yetmagan farzandi bor ayollar chet elga bemalol chiqib ketmoqda.

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. O‘zbekistonda voyaga yetmagan farzandi bor ayollarning xorijga chiqishini cheklash taklifi bildirildi.

O‘zAning xabar qilishicha, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari, tuman sektor rahbarlari, faollar ishtirok etgan sessiyada Respublika ishchi guruhi tomonidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, aholini qiynab kelayotgan muammolar bo‘yicha olib borilgan o‘rganish natijalari ham muhokama qilindi. 

Uzbekskie jenshini beseduyut na ulitse - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ayollari ishlashi mumkin bo‘lgan kasblar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilmoqda

Ta’kidlanishicha, sessiyada deputat Marhabo Qurbonova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolariga voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan onalarning xorijga chiqishini cheklash taklifini bildirgan.

Deputat Marhabo Qurbonovaning so‘zlariga ko‘ra, kommunal to‘lovlardan qarzi bo‘lgan fuqaro xorijga chiqa olmaydi, chunki bunga qonunchilik yo‘l qo‘ymaydi. Ammo 3-4 nafar voyaga yetmagan farzandi bor ayollar chet elga bemalol chiqib ketmoqda.

“Buni tartibga solish kerak. Axir, xorijga ketgan onalarning farzandlari tarbiyasidagi muammolar, bu orqali oiladagi ma’naviy muhit va jamiyatga yetkazilayotgan zarar xorijda topilgan boylikdan bir necha barobar ko‘p ekanini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi”, - dedi deputat.

O‘zbekistonda ayollar uchun ish vaqtini qisqartirish taklif qilindi

Yangiliklar lentasi
0