“Dushmaningiz charchamaydi”: “Taxtlar o‘yini”ning so‘nggi mavsum treyleri namoyish etildi

Obuna bo‘lish
Amerika HBO telekanali “Taxtlar o‘yini” (Game of Thrones) serialining 8-mavsumi treylerini namoyish etdi. Birinchi qism 14-aprelda ekran yuzini ko‘radi.

Namoyish etilgan treyler kadrlarda tirik qolgan qahramonlar - Arya va Sansa Stark, Jon Snou, Deyeneris Targariyen va uning ajdarholari hamda Serseya Lannister, uning ukasi Jeyme tasvirlangan.

“Dushmanlar charchamaydi, to‘xtashmaydi va hech narsani his etishmaydi”, - deyiladi treylerda.

Serial Jordja Martinning “Muz va Olov qo‘shig‘i” romanida asosida suratga olingan bo‘lib, 2011-yildan efirga uzatiladi.

Yangiliklar lentasi
0