Hodisalar

Stavropoldagi YTHda 6 nafar Ozarbayjon fuqarosi qurbon boʻldi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik Oʻzbekiston
GIBDD xabariga koʻra avariya sodir boʻlgan vaqtda miniven ichida 8 kishi boʻlgan.

TOSHKENT, 6 mar – Sputnik. Bugun erta tongda Rossiyaning Stavropol oʻlkasida mudhish YTH yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Kapelnitsa - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Volgograddagi YTH oqibatida oʻzbekistonlik ayol halok boʻldi

Xabarda aytilishiga koʻra, “ZIL”  yuk avtomobili haydovchisi rulda uxlab qolib, yoʻlning qarama qarshi tomonidan kelayotgan Mercedes Vito miniveni bilan toʻqnashib ketgan.

Viloyat FVV boʻlimi xabariga koʻra, ushbu YTHda 6 nafar Ozarbayjon fuqarolari vafot etgan yana bir necha kishi turli jarohatlar bilan kasalxonaga joylashtirilgan.

“Dastlabki xulosalarga koʻra, Dvortsovskoye qishlogʻi yaqinida Nevinnomыsksk tomondan Mineralnыe vodы tomonga harakatlanayotgan ZIL avtomobili haydovchisi rulda uxlab qolgan va oqibatda yoʻlning qarama qarshi tomonidan kelayotgan Mercedes miniveni bilan toʻqnashib ketgan", - deyilgan xabarda.

GIBDD xabariga koʻra avariya sodir boʻlgan vaqtda miniven ichida 8 kishi boʻlgan. Ularning barchaso Ozarbayjon fuqarolari boʻlishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala