Hibsxonalarda saqlanayotganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishKamera zaklyucheniya
Kamera zaklyucheniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tibbiy yordam ko‘rsatishda qo‘shimcha tez tibbiy yordam brigadasi chaqirilishi mumkin.

TOShKENT, 6 mar - Sputnik. “Ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalari hamda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarda saqlanayotgan shaxslarga davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining rasmiy telegram kanalida xabar qilindi.

Nizomga muvofiq, maxsus muassasada saqlanayotgan shaxslarga statsionar sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan hollarda ularga davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Kolyuchaya provoloka - Sputnik O‘zbekiston
OAV "Toshturma" buzib tashlanishidan xabar topdi

Shunga ko‘ra, maxsus muassasada saqlanayotgan shaxs muassasa tibbiyot xodimlariga kameralarni har kungi ko‘zdan kechirish vaqtida, shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda esa, istalgan xodimga tibbiy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilishi mumkin. Bunda shaxsga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilishi shart.

Tibbiy yordam ko‘rsatishda qo‘shimcha tez tibbiy yordam brigadasi chaqirilishi mumkin.

Shifokor shaxsga statsionar sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozimligi to‘g‘risida qaror qabul qilganda, u shaxsni davlat sog‘liqni saqlash muassasasining maxsus xonasiga joylashtirish choralarini ko‘radi.

Maxsus xona nizomda ko‘rsatilgan talablarga javob berishi va tegishli jihozlar, buyum va ashyolar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak

Shaxsni tibbiy ko‘rikdan, shuningdek, diagnostika va davolash standartlari asosida instrumental va laborator tekshiruvlardan o‘tkazish hamda davlat sog‘liqni saqlash muassasasining maxsus xonasida tibbiy yordam ko‘rsatish ichki ishlar organlari xodimlari nazorati ostida amalga oshirilishi shart.

Yangiliklar lentasi
0