Hurmat qilamiz: O‘zbekistonda Erkaklar qo‘mitasini tuzish taklif etildi

Obuna bo‘lish
Taqdimotda ishtirok etgan ekspertlardan biri Jamila Shermuhamedova oilaviy ajrimlar haqida to‘xtalib, ularning sabablarini aniqlash, shu bo‘yicha choralar ko‘rish lozimligini ta’kidladi.

TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Oila ensiklopediyasi” hamda “Xotin-qizlar ensiklopediyasi” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi agentlik matbuot xizmati.

Taqdimotda ishtirok etgan ekspertlardan biri Jamila Shermuhamedova oilaviy ajrimlar haqida to‘xtalib, ularning sabablarini aniqlash, shu bo‘yicha choralar ko‘rish lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, ekspert O‘zbekistonda erkaklar ensiklopediyasi yaratish taklifini bergan.

Uzbekskaya devushka primerayet svadebnoe platye - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek qizlarga uylanish koreyaliklarga qimmatga tushmoqda

“Mening takliflarim bor: kelinglar, “Erkaklar ensiklopediyasi”ni yarataylik. Oilada erkakning, otaning o‘rnini ko‘tarmas ekanmiz, u haqda kitoblar yozib, maqomini ulug‘lamas ekanmiz, oila mexanizmidagi ayrim elementlar yaxshi ishlamaydi, ajrimlar soni ortaveradi. Yoshlarga bolaligidan oilada o‘g‘illik burchi, otalik vazifalari, erlik mas’uliyati haqida bilim berish zarur. Bu hayot-mamot masalasi”, - dedi Jamila Shermuhamedova.

Ekspert hatto O‘zbekiston Erkaklar qo‘mitasini tuzish taklifi ham jiddiy o‘ylab ko‘rishga arzishini ma’lum qilgan.

O‘zbekistonda voyaga yetmagan farzandi bor ayollarning xorijga chiqishini cheklash taklif qilindi

Yangiliklar lentasi
0