O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritildi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonun bilan Konstitutsiyaga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

TOShKENT, 6 mar – Sputnik. Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining rasmiy telegram kanalida xabar qilindi.

Gosudarstvenniy muzey istorii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Konstitutsiya qanday yaratilgandi: tarix muzeyida ko‘rgazma ochildi

Qonun bilan Konstitutsiyaga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlariga (79-modda) quyidagilar qo‘shildi:

- siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi, shuningdek ichki va tashqi siyosat masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;

-  Bosh vazir taqdimiga ko‘ra Hukumat a’zoligiga nomzodlarni, keyinchalik ularni Prezident tomonidan lavozimga tasdiqlash uchun ko‘rib chiqish va ma’qullash.

Prezident vakolatlariga Hukumat a’zolarini Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan so‘ng tasdiqlashiga oid o‘zgartirish kiritildi. Ilgari, Qonunchilik palatasining ma’qullashi talab etilmagan.

Ushbu tartibni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Qonunlarga ham kiritildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunda Hukumat a’zolarini ma’qullash tartibi belgilandi.

Unga muvofiq, nomzodlar mas’ul qo‘mita, fraksiyalar va deputatlar tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi.

Nomzodlar Xukumatning harakatlar dasturi bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini Qonunchilik palatasiga taqdim etishi lozim.

Nomzod rad etilsa Bosh vazir yangi nomzodni kiritadi.

Shuningdek, Bosh vazir hukumat a’zolari bilan har chorakda Qonunchilik palatasi va Senatga Prezidentning Murojaatnomasidan kelib chiqadigan davlat dasturi bajarilishi borasida hisobot taqdim etadi.

Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar 2019-yil 1-apreldan kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0