Moskvadagi yotoqxonada o‘zbekistonlikning jonsiz tanasi topildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishReyd FMS po viavleniyu nelegalnix migrantov v Moskve
Reyd FMS po viavleniyu nelegalnix migrantov v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ldirilgan shaxs ko‘cha supuruvchi bo‘lib ishlagan. Shuningdek, u o‘zining jonsiz tanasi topilgan xonada istiqomat qilgani aniqlangan.

TOShKENT, 7 mar - Sputnik. O‘zbekiston fuqarosining pichoqlangan tanasi Moskvaning Akademicheskiy tumanida topildi, deb yozadi “Moskva” shahar yangiliklari agentligi huquqni himoya qiluvchi organdagi manbasiga asosan.

Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida ayol mast holda 26 yoshli tanishini pichoqladi

“5 mart kuni kechqurun Krjijanovskiy ko‘chasida joylashgan yotoqxona xonasida badanida ko‘plab sanchilgan-kesilgan jarohatlari bo‘lgan 1976-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosining jonsiz tanasi topildi”, - deya ma’lum qildi agentlik manbasi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ldirilgan shaxs ko‘cha supuruvchi bo‘lib ishlagan. Shuningdek, u o‘zining jonsiz tanasi topilgan xonada istiqomat qilgani aniqlangan.

Hozirda ushbu qotillik tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0