Uzcard tizimdagi nosozlik sababini ma’lum qildi

Obuna bo‘lish
Uzcard faoliyatini yaqin 3-4 soat ichida tiklashlari kerak.

TOShKENT, 7 mar - Sputnik. O‘zbekistonda UzCard to‘lov tizmida qisqa muddatli uzilishlar yuzaga keldi, xabar qildi Sputnik O‘zbekiston agentligiga kompaniya matbuot xizmati.

Uzcard tizimi faoliyatidagi qisqa muddatli uzilishlarga tranzaksiyalar sonining oshgani sabab bo‘lgan.

Uzcard - Sputnik O‘zbekiston
Uzcard kiber-jinoyatning yangi turi haqida ogohlantirdi

Uzcard faoliyati yaqin 3-4 soat ichida tiklanadi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tizimdagi nosozlik erkaklarning Xalqaro xotin-qizlar bayramida sovg‘a olish uchun yig‘ib qo‘ygan pullarini tejashga yordam beradi, deya hazil qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentabr oyida UzCard chakana to‘lov tizimida dasturiy nosozlik yuz bergan edi, natijada bank kartalari bo‘yicha barcha turdagi operatsiyalar, shu jumladan, savdo terminali orqali to‘lovlarni qabul qilish va bankomatlar orqali naqd pul olish operatsiyalari to‘xtatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0