Qirg‘izistonda chiyabo‘rilar uvillashi hattoki davlat qarorgohida ham eshitilmoqda

Obuna bo‘lish
Deputat davlat bitta chiyabo‘rini otish uchun 2 ming som (29 dollar) to‘layotganidan rozi emas. Chunki bitta bo‘rini otish uchun uch baravar ko‘proq haq to‘lanadi.

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Qirg‘izistonda chiyabo‘rilar soni ko‘paydi, ularning uvillashi hattoki davlat qarorgohida ham eshitilmoqda, deya ma’lum qildi Qirg‘iziston Jogorku Kenesh deputati Altinbek Sulaymanov.

“Bugungi kunda chiyabo‘rilarning chorva mollariga hujumi ko‘paydi. Ular hatto odamlarga ham hujum qilishayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. O‘tgan yil chiyabo‘rilar soni 25 foizga oshdi. Vaziyat o‘ta xavfli. Ular tustovuq, kaklik, quyonlarni yo‘q qilishmoqda”, - dedi deputat.

Antiterroristicheskie ucheniya voorujennix sil stran-chlenov ShOS Mirnaya missiya-2018 - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iz deputati bo‘rilarni endi tanklar yordamida otishni taklif qilmoqda

Deputat davlat bitta chiyabo‘rini otish uchun 2 ming som (29 dollar) to‘layotganidan rozi emas. Chunki bitta bo‘rini otish uchun uch baravar ko‘proq haq to‘lanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, chiyabo‘rilar juda ayyor va ularni ovlash bo‘ri ovlashga qaraganda qiyinroq. U chiyabo‘rini otganlik uchun ham 6 ming som (87 dollar) to‘lashni taklif qildi.

“Biz ikki oyoqli chiyabo‘rilar bilan kurashib, to‘rt oyoqlilarni unutib qo‘ydik. Ular katta xavf tug‘diradilar. Odamlar kechasi inson yig‘isini eslatuvchi bu yirtqichlarning uvillashidan qo‘rqishadi”, - deb qo‘shimcha qildi deputat.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning boshida Qirg‘iziston parlamenti deputati bo‘rilar “bizga qarindosh emas”ligi aytib, ularni vertolot yordamida otishni taklif qilgan edi. So‘ngra esa ularni tanklar yordamida otish kerak degan g‘oyani ilgari surgan edi.

Yangiliklar lentasi
0