Qo‘qonda yo‘qolgan Lacetti topildi, egasi qidirilmoqda

© Sputnik / Igor Chuprin / Mediabankka o‘tishZapusk proizvodstva Chevrolet Lacettii avtokonsernom General Motors v Kaliningrade
Zapusk proizvodstva Chevrolet Lacettii avtokonsernom General Motors v Kaliningrade - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘qonda fuqaro 22 yoshli o‘g‘li “Lasetti” rusumli avtomashinada uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 7 mar - Sputnik. 2019 yil 6-mart kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi Yorqinjon Omonboyev IIBga murojaat qilib, shu yil 4-mart kuni birga yashovchi o‘g‘li 22 yoshli Jasurbek Daminov boshqaruvidagi davlat raqami 40 U 050 QA bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan mashina xaridini osonlashtiruvchi yangi xizmatni ishga tushirdi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Qo‘qon shahar, Charxiy ko‘chasi 2-uy oldida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasidan texnik soz holda topilgan.

Qayd etilishicha, J.D.ni qidirib topish choralari ham  ko‘rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ushbu shaxs va avtomashina haqida biron bir ma’lumotga  ega bo‘lganlardan  ichki ishlar organlariga xabar berishlari so‘ralgan.

Yangiliklar lentasi
0