“Yashil tashabbus” - Toshkentda 9-martdan eko-festival boshlanadi

© Informatsionnaya slujba GoskomprirodiPosadka molodix sajensev ot kompanii ITE Uzbekistan i Goskomprirodi
Posadka molodix sajensev ot kompanii ITE Uzbekistan  i  Goskomprirodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mart oyining oxiriga qadar davom etadigan ushbu ekologik festival doirasida 409 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari o‘tqaziladi.

TOShKENT, 8 mar – Sputnik. Ertadan boshlab har bir kishi poytaxtni yashillashtirish aksiyasida ishtirok etishi mumkin, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.  

“9 mart kuni Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil qilingan “Yashil tashabbus” aksiya-festivali boshlanadi va u oy oxiriga qadar davom etadi”, - deyilgan hokimiyat xabarida.

Ushbu ekologik festival doirasida 409 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari o‘tqaziladi, undan har bir kishi ishtirok etishi mumkin, deyilgan xabarda.

V Tashkente nezakonno virubili 198 derevyev - Sputnik O‘zbekiston
Soyasiz bog‘: Toshkentda qariyb 200 ta daraxt noqonuniy kesib tashlandi

Ishtirokchilar har bir tumanda maxsus punktlarga murojaat qilib u yerdan daraxt ko‘chatlari olishlari belgilangan bo‘sh hududlarga yoki o‘z hovlilariga o‘tqazishlari mumkin.

Festivalda shuningdek 2 mingga yaqin ko‘ngillilar,  mahallalar, muassasalar va tashkilotlar ham ishtirok etadi.

9,10, va 16,17 mar kunlari festival doirasida master-klasslar va boshqa mavzuli tadbirlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Tadbirning asosiy maqsadi – Toshkent ekologiyasini yaxshilashga hissa qo‘shishdir, deyilgan hokimiyat xabarida.

Yangiliklar lentasi
0