Toshkent oliygohlarida tayyor diplom ishi necha pul turadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tayyor diplom ishi uchun — 500-800 AQSh dollarini to‘laydilar.

TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Toshkent oliy o‘quv dargohlarida tayyor diplom ishlarining taxminiy narxlari e’lon qilindi. Bu haqda "Inson va qonun" jurnali tomonidan tayyorlangan reportajda keltirilgan.

Vstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Test sistemasi O‘zbekiston ta’lim tizimini buzdi, deb hisoblaydi dotsent Qodirov

Maqolada keltirilishicha, diplom ishi narxi ish mavzusi va oliy o‘quv yurtining nufuziga qarab turlicha belgilanar ekan.

"Masalan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ­uchun diplom yozish 200 AQSh dollari, Toshkent davlat yuridik universiteti — 500-800 AQSh dollari, Toshkent moliya instituti — 500 AQSh dollari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 200-400 AQSh dollari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti — ­100-200 AQSh dollarigacha ekan", - deya keltiradi nashr.

Jurnal shuningdek, "Diplom ishini sotib olgan mutaxassis bu yo‘l bilan olgan bilim va ko‘nikmalarini amalda tatbiq eta olarmikan, bu bilan nafaqat boshqalarni, avvalo, o‘zini aldamasmikan?", - degan savollarni o‘rtaga tashlagan.

Yangiliklar lentasi
0