O‘zbekistonda xalqaro ko‘pkari o‘yinlari o‘tkaziladi

Obuna bo‘lish
Birinchilikni qo‘lga kiritgan chavandozga avtomashina beriladi

TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Jomboy tumani, Qo‘ng‘irot mahallasi hududidagi Qoraqasmoq otchoparida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan 17-mart kuni xalqaro ko‘pkari o‘yinlari o‘tkaziladi, deb xabar qildi Samarqand hokimligi matbuot-xizmati.

Prezident Turkmenistana G. Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston prezidenti chavandozlar poygasida g‘olib chiqib Toyota Prado yutib oldi

Ko‘pkari musobaqasida respublikaning barcha viloyatlaridan hamda qo‘shni davlatlar: Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan 2 mingga yaqin chavandozlar qatnashishi kutilmoqda.   

Birinchilikni qo‘lga kiritgan chavandozga avtomashina beriladi.

Shuningdek, g‘olib va sovrindor chavandozlarni tuya, ot, xo‘kiz, pul mukofoti, televizor, muzlatkich, gilam va boshqa qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.

"Barcha chavandozlarimizni mazkur milliy o‘yinga taklif qilamiz", - deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0