AQSh Davlat departamenti Rossiya aeroportidagi mina bilan bog‘liq hodisaga izoh berdi

© Sputnik Gosudarstvenniy departament SShA
 Gosudarstvenniy departament SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, yuklari ichidan mina topilgan AQSh elchixonasi xodimining Amerika qurolli kuchlariga bevosita aloqasi bor.

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Rossiyaning Sheremetyevo aeroportida AQSh elchixonasi xodimi yuklari ichidan topilgan mina xavfsiz bo‘lgan, deya ma’lum qildi RIA Novostiga AQSh Davlat departamenti vakili.

Samolet Boeing 777-300ER kompanii Aeroflot prizemlyayetsya v mejdunarodnom aeroportu Sheremetyevo  - Sputnik O‘zbekiston
AQSh elchixonasi xodimi Moskva aeroportiga mina olib kirishga urindi

“Bugun Moskvadagi Sheremetyevo aeroportida AQSh elchixonasi xodimi bilan sodir bo‘lgan hodisa bizga ma’lum”, - dedi AQSh Davlat departamenti vakili.

Shuningdek, u topilgan mina yo‘lovchilar uchun hech qanday xavf tug‘dirmaganligini qo‘shimcha qildi.

Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, yuklari ichidan mina topilgan AQSh elchixonasi xodimining Amerika qurolli kuchlariga bevosita aloqasi bor. Rossiya TIV ma’lum qilishicha, elchixona xodimi xizmat safarini yakunlagani bois Rossiyani tark etayotgan bo‘lgan va bo‘sh minani "shaxsiy kolleksiya uchun" xarid qilganini ta’kidlagan. Reysiga kechikkani bois, amerikalikka aviachiptani qayta rasmiylashtirishga ko‘mak berilgan. Natijada u minasiz va hech qanday to‘siqsiz Nyu-Yorkka uchib ketgan.

Bundan tashqari, Rossiya TIV AQSh elchixona xodimi yukidagi mina juda jiddiy ekanligini bila turib, aeroportdan olib o‘tishga uringanini ta’kidladi.

Qayd etish joizki, 2001-yilda sodir bo‘lgan teraktdan so‘ng AQShning o‘zi havo transportiga alohida e’tibor qaratadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh elchixonasi xodimi Moskvaning Sheremetyevo aeroportiga o‘z yukida mina olib o‘tishga uringani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0