Jamiyat

Oʻzbekiston havosi iflos mamlakatlar reytingida nechanchi oʻrinda?

© Irina PasxinaYaponskiy sad v rayone metro Badamzor v Tashkente
Yaponskiy sad v rayone metro Badamzor v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
“AirVisual” havo sifatini monitoring qilish bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilot 2018 yilda eng iflos va toza havoga ega mamlakatlar roʻyxatini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. Oʻzbekiston “AirVisual” havo sifatini monitoring qilish bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilot tomonidan tuzilgan 2018 yilda eng iflos havoga ega mamlakatlar reytingida 16-oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston reytingda sariq rang bilan belgilangan. Bu havodagi zararli moddalar miqdori qoniqarli darajada, lekin ifloslangan havoga sezgir boʻlgan kishilar oʻz salomatligi haqida qaygʻurishi kerakligini bildiradi.

Elison Til prizыvayet jiteley planetы borotsya s zagryazneniyami /otxodami, ubivayuщimi okrujayuщuyu sredu - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
2019 yil insoniyat roʻbaro keladigan global xavflar oʻntaligi

Qayd etish joizki, Qozogʻiston 20-oʻrin, Ukraina-49, Rossiya 58-oʻrindan joy olgan. Oʻzbekiston va Qozogʻistondan tashqari Markaziy Osiyo mamlakatlari reytingga kiritilmagan.

Jahon boʻyicha eng ifloslangan havoga ega davlat sifatida Bangladesh koʻrsatilgan. Undan keyingi pogʻonalardan Pokiston va Hindiston oʻrin olgan.

Havosi eng toza mamlakat sifatida Islandiya, Finlandiya, Avstraliya qayd etilgan.

Reyting tuzuvchilar har yili havo ifloslanishi tufayli 7 mln.ga yaqin kishi vafot etishi, shuningdek, bu holat jahon iqtisodiyotiga har yili 225 mlrd. dollarlik zarar yetkazishini qayd etishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala