Dunyoda

Adolatsiz sudyalar doʻzaxga tushadi – Qirgʻiziston prezidenti hadisdan misol keltirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPrezident Kыrgыzstana Sooronbay Jeenbekov
Prezident Kыrgыzstana Sooronbay Jeenbekov - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov hech kim sudyalar qarorini bekor qila olmasligini eslatib, ulardan buni hamisha yodda tutishlarini soʻradi. Shuningdek, u hayot qisqaligi va “barchamiz Yaratgan oldida javob beramiz”, deb qoʻshimcha qildi.

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov sudyalarning XI qurultoyida sudyalar toʻgʻrisida hadis aytib berdi. Bu haqda Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Zasedaniye Vыsshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta na urovne glav gosudarstv (VEES) - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Nazarboyev yana latifa aytib, hammani kuldirdi

Qirgʻiziston rahbari hadisda paygʻambarimiz (s.a.v) shunday deganlar: uch xil sudyalar boʻladi - ikkitasi doʻzaxga, biri esa jannatga tushadi.

“Agar sudya adolatli qaror chiqarsa, uning joyi jannatda boʻladi. Ishni yaxshi tushunmasdan hukm chiqargan yoki haqiqatni bilib turib, adolatsiz qaror chiqarganlarni esa doʻzax kutadi”, - deya hadisdan misol keltirdi Qirgʻiston prezidenti.

Jeenbekov hech kim sudyalar qarorini bekor qila olmasligini eslatib, ulardan buni hamisha yodda tutishlarini soʻradi. Shuningdek, u hayot qisqaligi va “barchamiz Yaratgan oldida javob beramiz”, deb qoʻshimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala