Jamiyat

Aviakompaniyalar telefon orqali qanday xizmat koʻrsatadi - sinov

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Fotobankka oʻtishRabota sotrudnikov investitsionnoy kompanii
Rabota sotrudnikov investitsionnoy kompanii - Sputnik Oʻzbekiston
Kerakli vaqtda aviakompaniyaga telefon qilib muammoni hal qilish qanchalik oson boʻlishi aniqlandi.

TOSHKENT, 11 mar - Sputnik. Baʼzida kerakli maʼlmuotni olish uchun aviakompaniyaga qoʻngʻiroq qilib tushish amri mahol boʻladi. Ana shu qoʻngʻiroq xorijiy mamlakatdan turib amalga oshirilganda, konsultatsiya xizmatining tezligi va sifati yanada muhim ahamiyat kasb etadi.

Uzbekskiye avialinii priznanы luchshey aviakompaniyey v TSA - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Oʻzbekiston havo yoʻllari" - Markaziy Osiyoda eng yaxshi aviakompaniya

Rossiyaning CRM-Design kompaniyasi avikompaniyalar mijozlarga telefon orqali konsultatsiya xizmatining sifatini aniqlashga bagʻishlangan izlanish oʻtkazdi. Ular 9ta aviakompaniyaga qoʻngʻiroq qilib 12 ta turli mavzudagi savollar bilan murojaat qilishgan. 

Professional kol-tsentr xodimlari 5 kun davomida aviakompaniya vakolatxonalariga qoʻngʻiroq qilib: tushish imkoniyati borligini, telefon goʻshagini koʻtarish tezligi, savollarga berilgan javoblar sifati va xodimlar xushmuomalaligini aniqlashgan.

© SRM-DesignDostupnost kontakt-tsentra po telefonu
Aviakompaniyalar telefon orqali qanday xizmat koʻrsatadi - sinov  - Sputnik Oʻzbekiston
Dostupnost kontakt-tsentra po telefonu

Sinov natijalariga koʻra, 3ta Rossiya aviakompaniyasi – Uralskiye avialinii, Aeroflot va Utair aviakompaniyalari 100 % holatda qoʻngʻiroq qilib tushishga va 5 daqiqa ichida berilgan savolga javob olish imkoniyati boʻlgan.

Uzbekskiye avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeщe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Havo yullari" eng punktual aviakompaniya deb tan olindi

Eng yomon natijalar esa AZAL va UzAirways kompaniyalariga tegishli boʻlgan – qilingan qoʻngʻiroqlardan 30 - 40 % umuman samarasiz boʻlgan.

Suhbat davomida shuningdek xodimlar xushmuomalaligi, suhbatdoshning gapini boʻlmaslik, berilgan savolga aniq javob berish kabi koʻrsatgichlar ham hisobga olingan. Ushbu koʻrsatgich boʻyicha Ural avia (97%) Aeroflot (96%), S7 (96%) aviakompaniyalari yetakchi boʻlgan. Eng kam ballar esa  - AirAstana (86%), AZAL (78%) va UzAirways (72%) ga nasib etgan.

Ushbu izlanishni oʻtkazgan mutaxassislar yana bir qiziq holatga eʼtibor qaratishmoqda. Sinov davomida kol-tsentrlar har bir aviakompaniyaga oʻrtacha 30 marotaba qoʻngʻiroq qilishgan. Faqatgina Oʻzbekiston Havo yoʻllariga 60 marotaba qoʻngʻiroq qilishga toʻgʻri kelgan. Sabab - qoʻngʻiroq qilinganda xodimlar maʼlumotni aniqlashtirish uchun 5 ta qoʻshimcha raqamga qayta telefon qilishni soʻragan.

© SRM-DesignDostupnыe kanalы kommunikatsii
Aviakompaniyalar telefon orqali qanday xizmat koʻrsatadi - sinov  - Sputnik Oʻzbekiston
Dostupnыe kanalы kommunikatsii
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala