Iqtisod

Endilikda yuridik shaxs oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni naqd pulga sotishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda ilgari hisob-kitoblar faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin edi.

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. 2019 yil 08 mart kuni Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar qildi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, yuridik shaxslarga oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni boshqa yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga naqd pulda sotishiga ruxsat berildi. Ilgari hisob-kitoblar faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin edi.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
“Har bir oila - tadbirkor” dasturi boʻyicha 8 foizli imtiyozli kreditlar beriladi

Bunda, naqd pul vositasidagi hisob-kitoblar bitta shartnoma doirasida eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha (20 mln 273 ming soʻmgacha) miqdorda hamda nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim.

Shu bilan birga, yuqorida koʻrsatilgan summa doirasida endilikda tovarlarni ulgurji sotish naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklida, shu jumladan plastik kartochkalar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Ilgari tovarlarning ulgurji savdosi faqat naqd pulsiz hisob-kitob asosida amalga oshirilishi lozim edi.

Amaldagi qonunchilikka koʻra chakana savdo korxonalari tovarlarni naqd pulsiz sotishi mumkin, lekin bunda naqd pulsiz hisob-kitoblar korxonaning oylik tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizi doirasida amalga oshirilishi lozim edi.

Oʻzgartirishlarga asosan, tovarlarni naqd pulsiz sotishda chakana savdo korxonalari uchun belgilangan mazkur cheklov bekor qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala