Humo Arena ochilish marosimida rossiyalik yulduzlar ishtirok etadi

© Heerim ArchitectsEskiz interyera stroyashegosya mnogofunksionalnogo ledovogo kompleksa Humo Arena v Tashkente
Eskiz interyera stroyashegosya mnogofunksionalnogo ledovogo kompleksa Humo Arena v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Humo Arena ochilish marosimida rossiyalik sport va estrada yulduzlari ishtirok etadi.

TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Bugun Toshkentda 15-mart kuni rejalashtirilgan Xumo Arena muz saroyiining ochilish marosimiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi.

Eskiz interyera stroyashegosya mnogofunksionalnogo ledovogo kompleksa Humo Arena v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Humo Arena ochilish marosimida ishtirok etadi

Xususan, ochilish marosimida rossiyalik  sport va shou-biznes yulduzlari ishtirok etishi kutilmoqda.  

“Ochilish marosimi sport muxlislarining yodida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Badiiy qismning o‘zida 2 mingdan oshiq ishtirokchi qatnashadi. Bundan tashqari arenaga 6 mingdan ziyod muxlislar kelishi kutilmoqda. Ochilish marosimida bosh g‘oya san’at va sportni birgalikda uyg‘unlashtirib berishdir. Shuningdek, unda Pavel Bure, Vitaliy Proxorov kabi yaqin o‘tmishimizning xokkey yulduzlari, muz ustida raqs bo‘yicha Turin Olimpiadasi chempioni Tatyana Navka, konsert dasturida esa Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov, Dima Bilan kabi estrada yulduzlari tashrif buyurishadi”, – deydi ochilish marosimi tashkilotchisi Madina Tursunova.

Shuningdek marosimda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va boshqa nufuzli mehmonlar ishtrok etishi mumkinligi haqida oldin ham xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0