Iqtisod

Xovosda 17 kunda yangi tikuvchilik korxonasi ishga tushirildi

© Gruppa Dialog s narodomV Sыrdarinskoy oblasti otkrыlas shveynaya fabrika
V Sыrdarinskoy oblasti otkrыlas shveynaya fabrika - Sputnik Oʻzbekiston
Korxona toʻliq quvvatda ishlay boshlagach, yiliga 8 million dona turfa tayyor mahsulotlar – sochiqlar, bolalar va kattalar kiyimlari, choyshablar ishlab chiqariladi.

TOSHKENT, 11 mar – Sputnik. Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida “Sirdaryo baraka chevarlari” korxonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Xovos tumani Bunyodkor mahallasidagi qisqa muddat – 17 kun ichida eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan tikuv majmuasi yangidan barpo etildi. Buning natijasida mahalladagi 140 nafar xotin-qiz doimiy ish oʻrni bilan taʼminlandi.

Shavkatu Mirziyoyevu predstavlenы vajnыe dlya ekonomiki Sыrdarinskoy oblasti proyektы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Kutubxona, maktablar, istirohat bogʻi: Xovos tumanini qanday oʻzgarishlar kutmoqda

Majmuaning barpo etilishi bilan tumandagi ish bilan band boʻlmagan xotin-qizlarning moddiy farovonligi oshadi. Shu tariqa ular imtiyozli ipoteka krediti evaziga Xovos siti hududidan qurilayotgan turar joylar bilan taʼminlanadi.

Korxona toʻliq quvvatda ishlay boshlagach, yiliga 8 million dona turfa tayyor mahsulotlar – sochiqlar, bolalar va kattalar kiyimlari, choyshablar ishlab chiqariladi. Mahsulotning 60 foizi eksportga, qolgani ichki bozorga yoʻnaltiriladi. Xom-ashyo esa mahalliy korxonalardan olinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbeksiton prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 19 fevral kuni Xovos tumaniga tashrif buyurib, Xovos shaharchasining bosh rejasi bilan tanishish asnosida “Mirzachoʻl tajribasi” asosida Xovos shaharchasining yangi markazini bunyod etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bor xotin-qizlarni ham doimiy ish, ham uy-joy bilan taʼminlash maqsadida viloyatda 32 ta tikuvchilik majmualari tashkil etish va shu asosda 4 ming 200 dan ziyod xotin-qizni ish bilan taʼminlash boʻyicha topshiriq bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala