Hodisalar

Navoiyda qimmatbaho zarralar boʻlgan qumlarni qoʻlga kiritmoqchi boʻlgan jinoiy toʻda ushlandi

© Sputnik / Igor Mixalev / Fotobankka oʻtishDobыcha zolota
Dobыcha zolota - Sputnik Oʻzbekiston
Bosqinchilar fuqarolarni temir boʻlagi hamda tayoq bilan jarohatlab, voqea joyidan yashiringanlar.

TOSHKENT, 11 mar - Sputnik. Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi bir nechta shaxslar fuqaroning uyida saqlanayotgan tarkibida qimmatbaho zarralar boʻlgan qumlarni qoʻlga kiritmoqchi boʻlishdi.

Mujchina imitiruyet vskrыtiye avtomobilya - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Samarqand viloyatida bosqinchi guruh qoʻlga olindi

Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining maʼlum qilishicha, jinoiy guruh aʼzolari oʻzaro jinoiy til biriktirib, oʻzlarining boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasida Qoracha mahallasida yashovchi SH.SH.ning uyida saqlanayotgan tarkibida qimmatbaho zarralar boʻlgan qumlarni qoʻlga kiritish maqsadida uning uyiga borishmoqchi boʻlishadi. Biroq buni bilib qolgan SH.SH. tanishi I.R. bilan birga, Boyqaro qishlogʻida ularni toʻxtatmoqchi boʻlib, ularning yoʻlini toʻsgan.

Bosqinchilar SH.SH. va I.R.ni temir boʻlagi hamda tayoq bilan jarohatlab, voqea joyidan yashiringanlar. Natijada SH.SH. va I.R.larga kasalxonada tibbiy yordam koʻrsatilgan.

“Koʻrilgan choralar natijasida jinoiy guruhdagilar qoʻlga olinib, ular orasida boʻlgan shaxsi aniqlangan bir nafarini ushlash choralari koʻrilgan”, - deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala