Video

Sidney hayvonot bogʻida noyob qizil pandachalar dunyoga keldi

Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan Tarongo hayvonot bogʻida noyob turdagi qizil panda bolalari ommaga namoyish etildi.

Pandachalar oʻtgan yilning dekabr oyida dunyoga kelgan. Bu noyob hayvonlarning dunyoga kelishi butun hayvonot olami uchun katta voqea boʻldi.

Qizil yoki kichik panda – bu yirtqich hayvon. Ular asosan oʻsimlik bilan oziqlanadi.

Qizil panda tanasining uzunligi 51-64 sm, dumi esa 28-48 sm.ni tashkil etadi. Erkak pandaning vazni qariyb 3,7-6,2 kg, urgʻochisiniki esa 4,2-6,0 kg.dan iborat.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala