Dunyoda

Tojikistonning togʻli hududida boʻrilar toʻdasi ikki nafar ayolni gʻajib tashladi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishDen vlyublennыx v prirodu v Moskovskom zooparke
Den vlyublennыx v prirodu v Moskovskom zooparke - Sputnik Oʻzbekiston
Boʻrilar oʻlja izlab, qishloqlarga tushib kelishmoqda. Ular nafaqat odamlarning chorva mollariga, balki ularning oʻziga ham hujum qilishmoqda.

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Tojikistonning Togʻli Badaxshon muxtor viloyatidagi Shugʻnon tumanida yashovchi ikki ayolga boʻrilar hujum qildi. Bu haqda Tojikistonning “Xovar” Milliy axborot agentligi xabar qildi

Fojia 7 mart kuni, 83 yoshli ayol va uning 55 yoshli qizi uyining hovlisiga chiqqan vaqtda yuz bergan.

Shakal - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻizistonda chiyaboʻrilar uvillashi hattoki davlat qarorgohida ham eshitilmoqda

Xabarda taʼkidlanishicha, har ikki ayol hujum oqibatida olingan ogʻir jarohat tufayli voqea joyida halok boʻlgan.

Togʻli Badaxshon muxtor viloyatining Ovchilar tashkiloti raisi Shodi Solehjonovning maʼlum qilishicha, bu yil ushbu hududlarda juda qalin qor yoqqan. Togʻli hududlar hozirgacha qalin qor ostida qolmoqda. Yirtqichlar ochlik sababli ayollarga hujum qilgan.

Boʻrilar oʻlja izlab, qishloqlarga tushib kelishmoqda. Ular nafaqat odamlarning chorva mollariga, balki ularning oʻziga ham hujum qilishmoqda.

Xabarda aytilishicha, bir oy mobaynida 7 ta boʻri otib oʻldirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala