“Har bir oila - tadbirkor” dasturi boʻyicha 8 foizli imtiyozli kreditlar beriladi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
“Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisi”da qaror qabul qilindi.

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisi”da Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali maʼlum qildi.

Punkt obmena valyut - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Tadbirkorlar kundalik tushumni oʻzlari bankka topshirishlari mumkin

Qarorga muvofiq “Har bir – oila tadbirkor” dasturi doirasida:

- nazarda tutilgan loyihalar va tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;

- imtiyozli kreditlar aholi hamda tadbirkorlik subʼyektlariga yillik 8 foiz stavkada 3-6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ajratiladi.

“Har bir – oila tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” va boshqa shu kabi maqsadli dasturlar asosida aholiga imtiyozli kreditlar endilikda Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari xulosasi asosida ajratiladi.

Belgilanishcha, bunda dastlab shartnoma asosida loyiha egasi (kredit oluvchi)ga mahsulotlar (masalan, qoramol) yetkazib beriladi, loyiha egasi (kredit oluvchi) yetkazib berilgan mahsulotdan qanoatlanish hosil qilgandan soʻng tegishli mablagʻlar bank tomonidan mahsulot yetkazib beruvchining hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala